O‘zA O`zbek

19.04.2018 10:51 Chop etish versiyasi

Teatr jamoasi Qoraqalpog‘istonda

Teatr jamoasi Qoraqalpog‘istonda Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Bahor nafasi” xalqaro san’at festivali doirasida Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri jamoasi ijodiy safar bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga keldi.

Ijodiy jamoa dastlab Xo‘jayli tumanidagi 1-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi. Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugida madaniy tadbir uyushtirdi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik va musiqali teatrida poytaxtlik teatr ustalari tomonidan tayyorlangan “Asl xazina” nomli spektakl namoyish etildi. Ushbu musiqali komediya O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi A.Parmonov tomonidan sahnalashtirilgan bo‘lib, insonlarni halol mehnat qilishga, to‘g‘riso‘zlikka, ajdodlardan meros qadriyatlarni asrab-avaylashga chorlaydi.

6.jpg

17 (1).jpg

Maqsad Habibullayev (surat) O‘zA
3 163