O‘zA O`zbek

08.08.2018 14:21 Chop etish versiyasi

TAYINLOV: talabaga muhim lavozim topshirildi

TAYINLOV: talabaga muhim lavozim topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rais o‘rinbosari v.b. tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Akbarov Saidakbarxon Tohir o‘g‘li Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari v.b. lavozimiga tayinlandi.

Ushbu lavozimga Saidakbarxon Akbarov shu yilning 29-iyun kuni Olmazor tumanida bo‘lib o‘tgan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan nomzod sifatida taklif etilgan edi. Bunga sabab Saidakbarxon o‘z nutqi davomida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflar bildirgandi.

S.Akbarov hozirda Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetining biznes boshqaruvi fakultetida to‘rtinchi bosqich talabasi. Yosh ekaniga qaramay, u ta’lim va kasbiy rivojlanish sohasidagi tadbirkorlik faoliyati tajribasiga ega, shu bilan birga, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Yosh tadbirkorlar loyihasi a’zosi.

2013-yildan 2018-yilgacha S.Akbarov ta’lim markazlari tarmog‘ini boshqargan. Shuningdek, u ITB fondi investitsiya jalb qilish tanlovida o‘zining onlayn ta’lim dasturi bilan ishtirok etgan.

S.Akbarov yoshlar hayotida faol ishtirok etadi. U Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning xalqaro konferensiyasida ishtirok etgan.

Qo‘mitada S.Akbarov yoshlar turizmini rivojlantirish va innovatsion g‘oyalar, smart turizm joriy etish, shuningdek, ta’lim xizmatlarini takomillashtirish bilan shug‘ullanadi.

O‘zA
3 046