O‘zA O`zbek

12.06.2019 17:45 Chop etish versiyasi

TAYINLOV. Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi

TAYINLOV. Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, sessiya ishida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasi faollar ishtirokida tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. 

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Tursunov O‘ktam Mingboevich boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.

Turdiboev Abduvohid To‘xtaboevich bugundan e’tiboran Ohangaron tumani hokimi lavozimida ish boshladi.

Sessiyada Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Rustam Xolmatov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi sho‘ba mudiri Abdulla Tursunov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Saidlaziz Saidkarimov ishtirok etdi.

O‘zA
729