O‘zA O`zbek

19.07.2018 16:06 Chop etish versiyasi

TAYINLOV

TAYINLOV
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018-yil 16-iyuldagi buyrug‘iga asosan Raxmatov Shavkat Turakulovich Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy targ‘ibot bo‘limi ma’lum qildi.

Sh.Raxmatov 1970-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1995-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1995-yilda Yangiyo‘l shahar prokuraturasida boshlab, Toshkent viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 1998-yildan boshlab, Bosh prokuratura boshqarma prokurori, Bosh prokurorning yordamchisi, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Bekobod tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018-yilning may oyidan shu vaqtgacha Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

O‘zA
3 122