O‘zA O`zbek

16.05.2019 11:04 Chop etish versiyasi

Tashrifdan tashrifgacha Andijonda qanday ishlar amalga oshirildi?

Tashrifdan tashrifgacha Andijonda qanday ishlar amalga oshirildi?

Davlatimiz rahbari 2018 yil 19-20 may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida ko‘plab istiqbolli loyihalar bilan tanishib, viloyatda olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari ko‘lamini kengaytirish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab bergan edi. 

O‘tgan vaqt mobaynida mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Viloyatda o‘tgan yilda jami 27,1 trillion so‘mlik yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarilgan, aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot 8,9 million so‘mni tashkil etdi. 

Viloyatda 71 million AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi. Xorijiy investorlarga yaratib berilgan keng imkoniyatlar samarasi o‘laroq, 22 yangi ko‘shma korxona tashkil etilib, ko‘shma korxonalar soni 252 taga yetdi. 

2019-2020 yillarda qiymati 27 trillion 150 milliard so‘m bo‘lgan 930 ta loyihani amalga oshirish belgilab olindi. Mazkur loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘ning 1,4 milliard dollari yoki 44 foizi xorijiy investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Natijada 36 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi. 

O‘tgan davr mobaynida 3 ming 131 ta xususiy va kichik biznes sub’ektlari tashkil etilib, ular soni 23 ming 978 taga yetdi. Kichik biznes sub’ektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 73,4 foizni, Jumladan, sanoatdagi ulushi 19,8 foizni, qishloq xo‘jaligida 98,9 foizni, qurilishda 96,4 foizni, chakana savdoda 88,8 foizni tashkil etdi. 

Sanoat yo‘nalishida qiymati 13 trillion so‘m bo‘lgan 190 ta loyihalar amalga oshirildi. 

Viloyatda 2018 yilda 338 ta yirik va o‘rta loyihalar amalga oshirilib, ularda 7 ming 778 ta ish o‘rinlari tashkil etildi. Loyihalarning 145 tasi sanoatni rivojlantirish bo‘yicha, 112 tasi xizmat ko‘rsatish va servis sohasida, 80 tasi qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ishga tushirildi. 

Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “KHANTEX GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan paxta-to‘qimachilik yo‘nalishida klaster tashkil etilib, qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, xorijdan haydov va chopiq traktorlari, ekish seyalkalari, ekinlar qator orasiga ishlov beruvchi uskunalar, paxta terish mashinalari, umumiy qiymati 21 million Yevro bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnika va mexanizmlari olib kelindi. 

Xorijiy texnologiyalar asosida 4 ta to‘qimachilik korxonasi ishga tushirildi. 

Klaster tizimining yo‘lga qo‘yilishi hisobiga 2019 yilda Qo‘rg‘ontepa tumanining o‘zida kuniga 90 tonna paxtani qayta ishlash, 30 tonna tola ishlab chiqarish, toladan 26 tonna kalava ip olish, ya’ni tayyor mahsulot tayyorlash, eksport qilish imkoniyati yaratiladi. 

Prezidentimizning avvalgi tashrifida bergan topshiriqlari bo‘yicha Bog‘i Boburdagi Zahiriddin Muhammad Bobur haykali, ramziy qabri, “Bobur va jahon madaniyati muzeyida qurilish, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, namozgohlar qurilib, dam olish maskani yangicha qiyofa kasb etdi. 

Viloyatdagi harbiy qismlarda budjet mablag‘lari hisobidan 93 milliard so‘mlik qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari bajarildi. Harbiy xizmatchilar uchun 900 o‘rinli yotoqxona, o‘quv binolari, oshxonalar, tibbiy punkt, ma’naviyat markazi barpo etildi. 

Viloyatdagi 40 ta maktabgacha ta’lim muassasasida 97 milliard so‘mlik qurilish, ta’mirlash ishlari bajarildi. 168 ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasai tashkil etildi. 

Andijon shahrida “Yoshlar markazi” barpo etildi. Umumiy loyiha qiymati 11 milliard so‘m bo‘lgan mazkur maskanda 500 o‘rinli faollar, seminar va konferensiyalar zallari, kutubxona, “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazi barpo etildi. Bundan tashqari, “Sog‘lom avlod” o‘yingohi, viloyat tennis majmuasi zamonaviy talablar asosida qayta rekonstruksiya qilindi. 

Xonobod shahrida turizmni rivojlantirish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda, “Xonobod” sixatgohi, Xo‘jaobod tumanida Hayvonot bog‘i qurilib, foydalanishga topshirildi. 

Viloyatidagi foydalanilmay turgan binolar, shuningdek, davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish maqsadida 11 ta kichik sano
at zonalari tashkil etilgan. Hozirgacha kichik sanoat zonalari hududidagi bino va yer maydonlariga 167 tadbirkorlik sub’ektlari joylashtirilgan. Ushbu hududlarda 7
7 loyiha ishga tushirildi. Qolgan 90 ta loyihani ishga tushirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 

O‘tgan yilda aholi bandligini ta’minlash Davlat dasturida 24 ming 817 ta hamda viloyatga amalga oshirilgan tashrif davomida berilgan topshiriqlar asosida ishlab chiqilgan qo‘shimcha dastur bo‘yicha 42 ming 530 yangi ish o‘rinlari yaratildi. Joriy yilda 65 ming 500 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Faxriddin UBAYDULLAEV, O‘zA
451