Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.04.2017 18:09 Chop etish versiyasi

“Tashabbus – 2017” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus – 2017” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar Yashnobod, Mirobod, Bektemir tumanlari bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, soha subyektlari erkin faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

An’anaviy o‘tkazib kelinayotgan ushbu tanlov kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, milliy hunarmandlik an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirishda muhim omil bo‘layotir. “Tashabbus” ko‘rik-tanlovi tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirib, xususiy mulkdorlar sinfining shakllanishi uchun qulay sharoitlar yaratmoqda, tadbirkorlarga bilim va mahoratini oshirishda yangi imkoniyatlar bermoqda.

Tanlovning Yashnobod, Mirobod, Bektemir tumani bosqichi doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada ellikdan ortiq tadbirkor va hunarmand ishlab chiqargan sanoat va iste’mol tovarlari, oziq-ovqat, mashinasozlik mahsulotlari, hunarmandlik buyumlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda taqdim etilgan turli xildagi sanoat mahsulotlari, hunarmandlik buyumlari sifat mezonlariga ko‘ra xorijnikidan aslo qolishmasligi bilan xaridorlar e’tiborini tortdi.

– Korxonamizning tashkil topganiga o‘n yil bo‘ldi, – deydi Mirobod tumanidagi «Aluminium systems» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Farid Safagariyev. – Dastlab o‘n kishi mehnat qilgan korxonamizda bir necha turdagi deraza romlari chiqarilar edi. Hozir ishchilar soni o‘ttiz nafarga yetdi, mahsulotlar turi o‘ndan oshdi. Zamonaviy texnologiyalardan «Alsys» brendi ostida sifatli, qulay dizayn va innovatsiyalarni o‘zida mujassam etgan plastik deraza va romlar tayyorlanmoqda. Mahsulotlarimiz ichki va tashqi bozorlarda haridorgir. Mahsulotlarimizning 20-25 foizini Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa MDH davlatlariga eksport qilmoqdamiz. Bularning barchasi mamlakatimizda biz, tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar samarasidir.

“Yilning eng yaxshi tadbirkori” va “Yilning eng yaxshi hunarmandi” kabi asosiy, shuningdek, «Eng yaxshi oilaviy biznes», “Yilning eng yaxshi tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” va “Eng yaxshi innovatsion loyiha” maxsus nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

G‘oliblar tanlovning shahar bosqichida ishtirok etadi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
5 583






Все о погоде - Pogoda.uz