Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.04.2017 17:07 Chop etish versiyasi

Navoiyda “Eng namunali sardorlar kengashi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Navoiyda “Eng namunali sardorlar kengashi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi Navoiyda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan “Eng namunali sardorlar kengashi” tanlovining mamlakat bosqichi o‘tkazildi.

Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib ulg‘aytirish, ularning iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarish, tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

“Kamalak” bolalar tashkiloti yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishda yaqindan ko‘maklashmoqda. Joriy yil ilk marotaba umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilgan “Eng namunali sardorlar kengashi” tanlovi yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlash, tajriba almashish, ijtimoiy faolligini oshirish, sardorlar kengashi a’zolarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yetakchilik va tashabbuskorlik qobiliyatini rivojlantirish, erishgan yutuq va tajribalarini ommalashtirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 14 jamoa “Bu – bizning faoliyat”, “Bizning imkoniyatlarimiz!”, “Intellektual ring” shartlari bo‘yicha bahslashdi. Sardorlar kengashi a’zolarining amalga oshirayotgan ishlari va faoliyati, bugungi kunda bolalar o‘rtasida dolzarb bo‘lgan muammolarni yechishdagi yangi tashabbuslari, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi bilimi sinovdan o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani sardorlar kengashi a’zolari birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘ringa Navoiy viloyati Zarafshon shahri va Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani sardorlar kengashi a’zolari munosib ko‘rildi. Uchinchi o‘rinni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani jamoasi qo‘lga kiritdi.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan jamoa “Kamalak” kubogi, maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Jamoa joriy yilning may oyida o‘tkaziladigan “Kamalak” bolalar tashkilotining “Vatan, do‘stlik va xalqparvarlik uchun” shiori ostidagi an’anaviy anjumanida ishtirok etadi.

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat), O‘zA
1 972






Все о погоде - Pogoda.uz