Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

23.05.2018 12:30 Chop etish versiyasi

Targ‘ibot – qarshi kurashishning muhim omili

Urganchda OIV infeksiyasi, sil va bezgak kasalliklari tarqalishiga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirishda hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyati hokimligi, Respublika OIV infeksiyasi, sil va bezgak kasalliklariga qarshi kurash tadbirlarini muvofiqlashtiruvchi tarmoqlararo ekspert kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va OITSga qarshi kurash markazi mutaxassislari, xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi vakilligixodimlari ishtirok etdi.

OIV infeksiyasi, sil va bezgak kasalliklariga qarshi kurashda profilaktika tadbirlari, xususan, ta’lim muassasalari, aholi yashash maskanlarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

– Yuqumli kasalliklarning oldini olishda tibbiy muassasalarda yaratilgan sharoitlar, muntazam o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlari muhim omil bo‘layotir, – deydi viloyat OITSga qarshi kurash markazi bosh shifokori T.Ibrohimov. – Biroq bu ishlar samarasi, avvalo, odamlarning bilimi, ongi va dunyoqarashi bilan bog‘liq. Aholi bu xastalikning kelib chiqishi va undan saqlanish borasida qanchalik keng ma’lumotga ega bo‘lsa, uning tarqalish xavfi shuncha kamayadi. Shuning uchun joylarda profilaktika tadbirlarini yanada kuchaytirish, ularning shakl va uslublarini takomillashtirish, samaradorligini oshirish zarur.

Tadbirda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama etildi. Mahallalar, oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, litsey va umumta’lim maktablarida xastaliklarning mudhish oqibatlari haqidagi filmlarni namoyish etish yuzasidan fikr almashildi.

A.Shokirov, O‘zA
2 223