Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.12.2017 19:14 Chop etish versiyasi

Talabalar davomati qattiq nazorat qilinmoqda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Olmazor tumani prokuraturasi hamda tuman ichki ishlar organlari hamkorligida talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik sodir etilishining oldini olish borasida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarning darsga muntazam qatnashishi nazoratga olinib, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu haqda universitetda Olmazor tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari, yoshlar orasida huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olishga bag‘ishlab o‘tkazilgan davra suhbatida ma’lum qilindi.

– Tegishli tashkilotlar hamkorligida talabalar turar joyi va ta’lim muassasalarida talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazilib, tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda, – dedi Olmazor tumani prokurori o‘rinbosari Davron Abdullayev. – Ko‘ngilochar joylar, kafe-restoranlar, internet-kafelarda tungi reydlar o‘tkazilmoqda, ota-onalar va pedagoglar bilan birga talabalar davomati qattiq nazoratga olingan.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
5 176