Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.04.2017 12:57 Chop etish versiyasi

Takomillashayotgan shoshilinch tibbiy yordam

Takomillashayotgan shoshilinch tibbiy yordam Prezidentimizning 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yanada yuksaltirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo viloyati filiali 200 o‘ringa mo‘ljallangan. Muassasa tarkibida 14 tez tibbiy yordam stansiyasi va 55 shoxobcha faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida 138 ming bemorga chaqiriq bo‘yicha malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilib, 8 mingga yaqin bemor statsionar sharoitda davolandi.

–Zamonaviy jihozlar amaliyotga joriy etilayotgani tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda, – deydi filial bosh shifokori o‘rinbosari Ergash Iskandarov. – Muassasamiz so‘nggi yillarda gemodializ apparati, past va yuqori kuchlanishli lazer apparatlari, zamonaviy narkoz uskunalari bilan ta’minlandi. Ular yordamida davolashning 20 dan ortiq usullari amaliyotga tatbiq etildi. Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha 2017-2020-yillarda filialning hududlardagi 19 obyektini mukammal ta’mirlash va 42 tasini joriy ta’mirlash ko‘zda tutilgan.

Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA
2 791






Все о погоде - Pogoda.uz