O‘zA O`zbek

07.07.2018 11:00 Chop etish versiyasi

Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish nazoratda

Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish nazoratda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalariqo‘mitasida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati raisining tabiiy va suyultirilgan gazdan oqilona va samarali foydalanishning holati va istiqbollari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda aholiga gaz yetkazib berishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish borasida ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganilmoqda. Bu jarayonda Belarus, Janubiy Koreya, Turkiya tajribasi qo‘l kelmoqda.

– Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida tabiiy resurslardan xalqimiz manfaati yo‘lida oqilona va samarali foydalanish o‘ta muhimligi alohida ta’kidlangan edi, – dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ahadjon Ahmedov. – Deputatlar aholi bilan uchrashuvlarda bu borada qator kamchiliklar borligini aniqladi. Jumladan, gaz quvurlarining muddati o‘tib, eskirgani, xonadonlarda yaroqsiz, nostandart, qo‘lbola gaz jihozlari borligi, zamonaviy gaz hisoblagichlar o‘rnatilmagani kabi muammolar mavjud. Bugungi yig‘ilishda mazkur muammolar yechimi yuzasidan takliflarimizni bildirdik.

I.Ahatova, O‘zA
3 100