Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.03.2017 12:54 Chop etish versiyasi

Ta’lim muassasalarida «Ekologik madaniyat oyligi» o‘tkaziladi

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan ta’lim muassasalarida joriy yilning 20-martidan 20-apreligacha «Ekologik madaniyat oyligi» o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan Yoshlar ijod saroyida hamkor tashkilot vakillari, harakat faollari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda ona tabiatni asrash, atrof-muhit sofligini saqlash, tozalik, ozodalik, poklik xalqimizga xos qadriyat ekanligi ta’kidlandi.

Yoshlarda ekologik madaniyatni, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini shakllantirish, ularning ekologik bilimlarini yanada boyitish muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan loyiha ham ayni shu maqsadlarni o‘zida mujassam etgan.

Oylik doirasida ta’lim muassasalari hududini obodonlashtirish va tozalash maqsadida «Yoshlar hashari», «Ekologik laboratoriya», «Ekologik ekskursiya», «Har bir yoshga bir nihol!» kabi o‘nga yaqin loyiha amalga oshiriladi.

«Eko-tashabbus» loyihasi yoshlarning ekologik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, «Yashil chorlov» aksiyasi harakatning boshlang‘ich tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro bellashuv tarzida o‘tkazilishi bilan farqlanadi.

«Ajdodlar xotirasi muqaddas!» loyihasi doirasida muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va qabristonlar obodonlashtirildi. Ko‘chatlar ekilib, daraxtlar oqlandi.

Oylik doirasida o‘quv-seminarlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Mohigul Qosimova, O‘zA
1 360






Все о погоде - Pogoda.uz