Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.04.2017 17:38 Chop etish versiyasi

Suv – bebaho boylik

«O‘zkommunxizmat» agentligida «Suv – bebaho boylik» mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda mutaxassislar, ichimlik suvi uzatish korxonalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimiz aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kommunal soha faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishdir. Bugungi kunda shahar va tuman markazlarida istiqomat qiladigan aholining 87,5 foizi, qishloq aholisining 61,5 foizi markazlashgan ichimlik suvi ta’minotiga ega. Ushbu yo‘nalishda viloyat ichimlik suvi uzatish korxonalari, ularning tuman bo‘limlari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Olis hududlarda yashaydigan aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida viloyatlararo magistral suv quvurlari va mintaqalararo suv uzatish tizimlari barpo etilgan.

Ana shunday mashaqqatli mehnat, katta sarf-xarajat evaziga xonadonlarga yetkazilayotgan toza ichimlik suvidan oqilona foydalanish, obihayot isrof bo‘lishining oldini olish dolzarb vazifadir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-oktabrdagi «Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida bu boradagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilangan. Xususan, uy-joy fondini zamonaviy suv hisoblash asboblari bilan jihozlash belgilangan. Kommunal xizmat ko‘rsatish va ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlarida «billing» tizimini joriy etishga ahamiyat qaratilmoqda.

– "Billing" ko‘rsatilgan xizmatlarning hisob-kitobini avtomatik yuritish, elektron to‘lovni yo‘lga qo‘yish tizimidir, – deydi «O‘zkommunxizmat» agentligi bo‘lim boshlig‘i Anvar Muhamadaliyev. – Bu ichimlik suvi ta’minoti uchun o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash imkonini beradi. Kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilot va korxonalari moliya muassasalari bilan hamkorlikda bu borada tizimli ish olib bormoqda.

Matbuot anjumanida mamlakatimizda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, obihayotdan ratsional foydalanishga yo‘naltirilgan loyihalar xususida ma’lumot berildi. Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Bahor Xidirova, O‘zA
4 930






Все о погоде - Pogoda.uz