O‘zA O`zbek

17.03.2019 Chop etish versiyasi

Surxondaryoda oʻgʻrilikda aybdor deb topilgan maktab oʻquvchilari va kollej talabasi jazodan ozod qilindi

Surxondaryoda oʻgʻrilikda aybdor deb topilgan maktab oʻquvchilari va kollej talabasi jazodan ozod qilindi

Surxondaryo viloyatida voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan ayrim voyaga yetmaganlar ular tomonidan turli jinoyatlar sodir etish holatlari uchrab turibdi, deb maʼlumot berdi, Jinoyat ishlari boʻyicha Qiziriq tuman sudining raisi B.Mamadaminov.

Qayd etilishicha, Qiziriq tumanida yashovchi J.Salaxiddinov, I.Joʻrayev va E.Abduraxmonovlar 2018 yil 25 noyabr kuni soat 02:00 larda Qiziriq tumani, “Rabatak” mahalla hududidagi M.Hasanovga tegishli boʻlgan “Kelajak Parvozi” savdo doʻkoniga kelib, atrofda xech kim yoʻqligidan foydalanib, doʻkon eshigini kalit tanlash yoʻli bilan ochib jami 23 550 000 soʻmlik tovar moddiy boyliklarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida E.Abduraxmonov, J.Salaxiddinov hamda I.Joʻrayevdan 6 dona LED 32/9000 modelli “Artel” rusumli televizorlar, 3 dona 32 AN 90 G SMART modelli televizorlar, 2 dona “Lenovo” rusumli noutbuk kompyuterlar, 2 doʻkon eshigining kalitlari va 2.604.000 soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Qiziriq tuman sudining Qiziriq tuman ichki ishlar boʻlimida boʻlib oʻtgan ochiq sayyor sud majlisida mazkur jinoyat ishi koʻrib chiqildi.

Sud, J.Salaxiddinov, I.Joʻrayev va E.Abduraxmonovlarni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan aybli deb topdi va Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Qiziriq tumani Kengashining va keng jamoatchilikning kafilligini eʼtiborga olib, ularni Oʻzbekiston Respublikasi JKning 70-moddasiga asosan jazodan ozod qildi.

1 369
OʻzA