Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.09.2017 19:01 Chop etish versiyasi

Soxta valyuta olib o‘tishga uringan ayol fosh qilindi

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan ko‘p miqdorda soxta valyuta olib o‘tilishiga doir bojxona qoidabuzarligi fosh qilindi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 240-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasidan o‘tayotganda naqd milliy va chet el valyutalarining olib o‘tilishi ustidan nazorat bevosita bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yish maqsadida mamlakatimiz bojxonachilari tomonidan tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Istanbuldan uchib kelgan fuqaro E.A.ning yo‘l sumkasi bojxonachilar tomonidan belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, sumkadagi oyoq kiyimlari orasiga 20 ming AQSh dollari yashirib joylashtirilganligi aniqlandi.

Mazkur valyuta yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan. Bojxona nazorati davomida ushbu valyutalar sinchiklab ko‘zdan kechirilgan. Nazorat paytida esa ushbu kupyuralarning barchasi qalbaki bo‘lib chiqdi.

Surishtiruvda E.A. ushbu pullarni Istanbuldagi notanish shaxslarning iltimosiga binoan olib kelayotganligini ta’kidladi. Uning bu ishonuvchanligi endi qimmatga tushadi. Zero, amaldagi tartiblarni bilmaslik kishini javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Hozir mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli bandiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
1 346






Все о погоде - Pogoda.uz