Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.02.2018 11:23 Chop etish versiyasi

Soliqchilar o‘zi va idora kutubxonasi uchun kitob xarid qildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati kengashi, viloyat axborot-kutubxona markazi kitob savdosi tashkilotlari hamkorligida viloyat davlat soliq boshqarmasida yurtimiz nashriyotlarida chop etilgan yangi kitoblar ko‘rgazmasi hamda yoyma kitob savdosi tashkil etildi.

Boshqarmaning barcha xodimlari zo‘r ishtiyoq bilan yangi kitoblar xarid qildi. Tadbir doirasida o‘tkazilgan "Kutubxonaga kitob sovg‘a qilaman” xayriya aksiyasida boshqarma kutubxonasiga jamoa a’zolari tomonidan 50 ta yangi kitob taqdim etildi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
6 482