Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.04.2017 16:49 Chop etish versiyasi

Navoiyda soliq bilimdonlari tanlovi o‘tkazildi

Navoiyda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida “Soliq bilimlari – bolalarga” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, xalq ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamkorligida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan tanlov o‘quvchilarning soliq sohasiga oid bilimini yanada boyitishga xizmat qilmoqda.

Tanlovda umumta’lim maktablari o‘quvchilari soliq to‘g‘risidagi tushunchalarini rasmlarda aks ettirish, soliq mavzusini hikoyalarda ifodalash, akademik litsey va kollejlar o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosati mavzusida insho yozish hamda “Soliqlar nimaga to‘lanadi va nimalarga sarflanadi?” mavzusida komputer taqdimoti shartlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.

Rasm va hikoyalar yo‘nalishida Zarafshon shahridagi 3-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Yulduz Xoldorova, Karmana tumanidagi 15-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Ibrohim Ismoilov, insholar tanlovida Nurota qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Yulduz Bahriddinova birinchi o‘rinni egalladi. Komputer taqdimotida Navoiy informatika va elektron sanoati kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Dilnavoz Qurbonova g‘olib bo‘ldi.

G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
1 440






Все о погоде - Pogoda.uz