Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.04.2017 20:19 Chop etish versiyasi

Sohibqiron merosi – insoniyat boyligi

Mamlakatimiz bo‘ylab Sohibqiron Amir Temur tavalludining 681-yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Samarqand davlat universitetida o‘tkazilgan ilmiy konferensiya ham ushbu sanaga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov va boshqalar buyuk bobokalonimizning davlatchilik siyosati, bunyodkorlik ishlari, ilm-fan, madaniyat homiysi sifatida Sharq sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritdi. Mustaqillik yillarida Amir Temur merosini o‘rganish va uni keng targ‘ib etish, Sohibqiron nomi bilan bog‘liq tarixiy obida, muqaddas qadamjolarni obod qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani e’tirof etildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar, ilmiy tadqiqotlar nafaqat yurtimiz, balki xorijiy mamlakatlarda ham katta qiziqish bilan olib borilmoqda.

– Amir Temur tomonidan yirik markazlashgan davlat tuzilishi, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari mintaqamizdagi barcha xalqlar tarixi va madaniyatida yorqin iz qoldirgan, – deydi "O‘zbekiston – Qozog‘iston" do‘stlik jamiyati va Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondining Janubiy Qozog‘iston filiali raisi Ikrom Hoshimjonov. – Jumladan, Qozog‘istonda ham Amir Temur davri tarixini o‘rganish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda, ko‘plab kitoblar yaratilayotir.

Konferensiya ishtirokchilari Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasi va temuriylar tomonidan bunyod etilgan obidalarni ziyorat qildi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
2 679






Все о погоде - Pogoda.uz