Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.09.2017 19:48 Chop etish versiyasi

Sohada ixtisoslashuv – dolzarb masala

Poytaxtimizda O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan bosma va elektron nashrlarda muharrirlikka ixtisoslashgan jurnalistlarning kasb-malakasini oshirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmoni hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etildi.

Jamoat fondi direktori vazifasini bajaruvchi L.Suvonov va boshqalar mamlakatimizda jurnalistlarning ixtisoslashuvi, axborot sohasini modernizatsiya qilish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Bu jarayonda jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning kasb mahoratini muntazam oshirib borish, muayyan soha bo‘yicha ixtisoslashuvini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jurnalist ixtisoslashuvi har bir sohada erishilayotgan yutuqlar va yechimini kutib turgan dolzarb masalalarni ommaviy axborot vositalarida ochiq, batafsil va xolisona yoritishning xalqaro andozalaridandir.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad bosma va elektron nashrlar faoliyatida muharrirlarning kasbga oid bilim va malakalarini oshirish, ixtisoslashish masalalariga oid tajriba va muammolarni tahliliy muhokama etishdan iborat bo‘ldi.

Seminarda jahon media sohasini chuqur o‘rganish, jurnalistlarimizning yetakchi xorijiy nashrlarda malakasini oshirish hamda tajriba almashish tizimini takomillashtirish dolzarb vazifalardan ekani qayd etildi. Jurnalist kadrlar ixtisoslashuvining dolzarb masalalari va istiqbollari muhokama qilindi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
1 091






Все о погоде - Pogoda.uz