O‘zA O`zbek

18.05.2018 11:46 Chop etish versiyasi

Sog‘lom mafkura – sog‘lom jamiyat asosi

Sog‘lom mafkura – sog‘lom jamiyat asosi Namanganda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan “Tinchlik, farovonlik va taraqqiyot yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida sayyor amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bugun dunyoni tahlikaga solayotgan xalqaro terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalar va odam savdosi kabi global muammolarga qarshi kurashishning amaliy va nazariy omillari haqida so‘z yuritildi. 

4.jpg

Yurtimiz tinchligini asrash va uni obod qilish, xalqimiz farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida ijtimoiy-ma’niviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, bu boradagi muammolarni bartaraf etish borasidagi vazifalar haqida fikr almashildi.

Yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, yoshlarni terroristik va ekstremistik tashkilotlarga jalb qilishning oldini olish masalalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Iqtidorli yoshlarning “Tinchlik – mening nigohimda” tasviriy san’at ko‘rgazmasi va shu mavzuda namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari seminarning yanada mazmunli o‘tishiga xizmat qildi.

Hotam Mamadaliyev (surat)
3 185