Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.04.2017 17:30 Chop etish versiyasi

Sog‘lom ayol – yurt boyligi

Toshkent viloyati Bekobod tumani “Xonobod” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish, ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda partiyaning “Ayollar qanoti” faollari, shifokorlar, yozuvchi va shoirlar, xotin-qizlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida aholi salomatligini, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidlandi.

– “Sog‘lom ayol – yurt boyligi” deb nomlangan mazkur tadbir doirasida hududda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, – deydi partiya viloyat kengashi yetakchi mutaxassisi V.Shodiyeva. – Mutaxassislarning ona va bola salomatligini muhofaza qilish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga bag‘ishlangan ma’ruzalari tadbirning ahamiyati va ishtirokchilar qamrovining yanada kengayishiga xizmat qildi.

San’atkorlarning Vatan, ona, tinchlik va go‘zallikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Ikrom Avvalboyev, O‘zA
1 288






Все о погоде - Pogoda.uz