Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.04.2017 18:05 Chop etish versiyasi

Sog‘lom ayol – millat tayanchi

Olmaliq shahrining Bobur nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida ona va bola salomatligini muhofaza qilish, jamiyatda xotin-qizlarning o‘rnini yanada mustahkamlash masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir shunday nomlandi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda partiyaning “Ayollar qanoti” faollari, shifokorlar, shoir va yozuvchilar, xotin-qizlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni tibbiy-ijtimoiy muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Bu borada davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlari keng yo‘lga qo‘yilgani yaxshi samara bermoqda.

– Bugungi uchrashuvdan ko‘zlagan maqsad opa-singillarimizni jamiyatimizning barcha yo‘nalishlaridagi islohotlarda yanada faol bo‘lishga undash, oilalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish kabi muhim ishlar samaradorligini oshirish xususida fikr almashishdir, – deydi partiya viloyat kengashi “Ayollar qanoti” yetakchi mutaxassisi V.Shodiyeva. – Mutaxassislarning ona va bola salomatligini muhofaza qilish, barkamol avlod tarbiyasi, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirishga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglandi.

Tadbir doirasida hududda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi, zarur dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi.

Ikrom Avvalboyev, O‘zA
1 709






Все о погоде - Pogoda.uz