Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.03.2017 12:23 Chop etish versiyasi

Sog‘lom ayol – mamlakat taraqqiyotining kafolati

Ohangaron tumanida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir shunday nomlandi.

Partiya faollari, tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari, yozuvchi va shoirlar, tashabbuskor xotin-qizlar, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda sog‘lom ona – sog‘lom bola masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangani, bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Joriy yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatliri yili, deb e’lon qilingani, uning mazmun-mohiyatida avvalo inson, uning manfaatlari, aholi farovonligini yuksaltirish, jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol avlodni voyaga yetkazishdek ezgu maqsadlar mujassam ekani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

– Tadbir doirasida opa-singillarimizni nafaqat bayram bilan tabriklash, balki ularni jamiyatimizning barcha yo‘nalishlaridagi islohotlarda yanada faol bo‘lishga undash, mutaxassislar ko‘magida “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish kabi bir qancha masalalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan, – deydi partiya viloyat kengashi “Ayollar qanoti” yetakchi mutaxassisi V.Shodiyeva. – Shundan kelib chiqib, shifokorlarning “Sport va sog‘lom turmush tarzi – salomatlik garovi”, “Sog‘lom onadan sog‘lom bola dunyoga keladi”, “Homilador ayolning ruhiy-fiziologik holati me’yorida bo‘lishini ta’minlash uchun ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish lozim” kabi mavzulardagi ma’ruzalari tinglandi.

Tadbirda yangragan Vatan, bahor, ona va yoshlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Ikrom Avvalboyev, O‘zA
603






Все о погоде - Pogoda.uz