Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.10.2017 15:49 Chop etish versiyasi

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining navbatdagi xayriya aksiyasi

Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, xalqimizga sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlarga “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi ham munosib hissa qo‘shmoqda.

ЃgXalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida fond tomonidan tibbiy-ijtimoiy muassasalar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, Mehribonlik, Muruvvat va Saxovat uylari, maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida dori-darmonlar, tibbiyot jihozlari, sanitariya-gigiyena vositalari, kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, sport inventarlaridan iborat muruvvat yordamlari topshirib kelinmoqda.

Bu borada fond xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilib, turli ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etmoqda. Xususan, joriy yilda Turkiyaning TIKA xalqaro tashkiloti va “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik bitimi doirasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

ЃgSog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondida tashkil etilgan navbatdagi xayriya tadbirida ana shular haqida so‘z yuritildi.

ЃgSog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi S.Inomova va boshqalar mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida aholi, ayniqsa, bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, jismoniy imkoniyati cheklanganlarning jamiyatda munosib yashashini ta’minlashga qaratilayotgan doimiy e’tibor sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, millat genofondini mustahkamlashda yuksak samaralarini berayotganini ta’kidladi.

Xayriya tadbirida TIKA xalqaro tashkiloti tomonidan jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarga 150 ta nogironlik aravachasi topshirildi. Ushbu aravachalar Toshkent, Farg‘ona va Navoiy viloyatlarida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron bolalar va ayollarga berildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tibbiy-ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari xususida ma’lumot berildi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
1 592






Все о погоде - Pogoda.uz