O‘zA O`zbek

20.04.2018 19:30 Chop etish versiyasi

Sog‘liqni saqlash vaziri tibbiyot xodimlarining majburiy mehnatga jalb etilishining achinarli oqibatlari xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi

Prezidentimiz ijtimoiy soha vakillarini majburiy mehnatga jalb etish, ko‘zbo‘yamachilik bilan shug‘ullanishni davlat rahbarining siyosatiga xiyonat deya baholadi. Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ham bu alohida ta’kidlandi. 

Ilgari shifokoru hamshirani turli jamoat ishlariga olib chiqishga yo‘l qo‘yilgandir, lekin bugun zamon o‘zgardi, yondashuv o‘zgardi. Tibbiyot xodimini majburiy mehnatga jalb etish endi tarixda qoladi. Sog‘liqni saqlash tizimining barcha bo‘g‘indagi rahbarlari shuni anglashi lozimki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning xalqparvar siyosati majburiy mehnat degan illatni tag-tugi bilan yo‘qotishga, xalq manfaatini birlamchi o‘ringa qo‘yishga qaratilgan. Tizimda faoliyat yuritayotgan hech bir xodim endi majburiy mehnatga jalb etilmaydi. Ko‘zbo‘yamachilik, bir-birimizni aldash bilan bugunimiz o‘tishi mumkindir, lekin bu bilan kelajakni qura olmaymiz.

O‘zA
2 769