O‘zA O`zbek

08.05.2018 07:20 Chop etish versiyasi

Sog‘liqni saqlash tizimidagi eng dolzarb muammo...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan “Aholi salomatligini saqlashga oid konstitutsiyaviy normalar ijrosini ta’minlash – davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

–So‘nggi vaqtda sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar evaziga xorijda faoliyat yuritayotgan 100 nafar tajribali tibbiyot mutaxassisimiz yurtimizga qaytdi. 300 dan ortiq xorij mutaxassisi respublikamizga taklif etildi va ular ishtirokida 800 dan ortiq operatsiya bajarildi, 300 ga yaqin xodim chet elda malaka oshirib qaytdi. Respublikamizda ilk bor jigar transplantatsiyasi amalga oshirildi. Tibbiyot xodimlari faoliyatini reyting yo‘li bilan baholash tizimi joriy etilmoqda. Internet orqali vrachlar qabuliga yozilish xizmati yo‘lga qo‘yilib, rivojlantirilmoqda, – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ul xodimi Bahrom Mo‘minov.

Shuningdek, tibbiy ta’lim tizimida amalga oshirilgan qator islohotlar, xususan, maqsadli kvotalarning ajratilishi, o‘quv davri muddatining qisqartirilgani, kadrlar almashinuvi, xorijiy mutaxassislarning jalb etilayotgani kabi islohotlar bilan bir qatorda oldinda turgan muammolar ham bor.

Tadbirda aytilganidek, kadrlar yetishmovchiligi masalasi soha oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizda har 10 ming fuqaroga o‘rtacha 26 nafar shifokor to‘g‘ri kelar ekan. Bu ko‘rsatkich tibbiyoti rivojlangan Germaniyada 38, Shveysariyada 40, Ispaniyada 49 nafarni tashkil etadi.

Inobat Ahatova, O‘zA
3 315