O‘zA O`zbek

12.03.2018 11:56 Chop etish versiyasi

“Sochlari sumbul qizlar” bahsi

Shoir aytganday, qizlarning yarim husni sochidir. Ammo qiz bolani faqat sochining o‘zigina bezamaydi.

Jizzax politexnika instituti ma’muriyati, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, xotin-qizlar qo‘mitasi, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan “Sochlari sumbul qizlar” tanlovida ishtirokchilar kiyinish odobi, ro‘zg‘or tutishi, kitobxonligi, san’at, pazandalik, sport sohalaridagi bilim va ko‘nikmalari bo‘yicha bashlashdi. Albatta, uzun soch alohida baholandi. Tanlovda barcha shartlar bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan institutning avtotransport fakulteti talabasi Bahora Usmonova g‘olib chiqdi.

Yunus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida o‘tkazilgan tadbirni nafaqat institut jamoasi, balki ota-onalar, viloyat jamoatchiligi va mahallalar vakillari ham katta qiziqish bilan tomosha qildi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
4 487