Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.12.2017 19:15 Chop etish versiyasi

Siz bilan doimo birgamiz

Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internatida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan shu mavzuda xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Mamlakatimizda nogironlar va imkoniyati cheklanganlarning tibbiy-ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, ularga qo‘shimcha imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinadi. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturida nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularning turmush darajasini yaxshilash kabi masalalar ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Tadbirda o‘quvchi-yoshlarga kitoblar, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
912






Все о погоде - Pogoda.uz