O‘zA O`zbek

09.04.2018 10:44 Chop etish versiyasi

Sirdaryolik yosh shaxmatchilar g‘olib

Sirdaryolik yosh shaxmatchilar g‘olib Termizda “Yoshlar shaxmat taxtasi” an’anaviy respublika turnirining final bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi, Jismoniy tarbiya va sport, Madaniyat, Xalq ta’limi vazirliklari, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan musobaqada hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 8, 10, 12, 14, 16 va 19 yoshgacha bo‘lgan 160 dan ortiq o‘quvchi o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, umumjamoa hisobida Sirdaryo viloyati vakillari birinchi, Samarqand viloyati yoshlari ikkinchi, Jizzax viloyatining yosh shaxmatchilari uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

2.jpg

– Turnir juda qiziqarli o‘tdi, – deydi Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 8-umumta’lim maktabi o‘quvchisi M.Azizqulova. – Men 12 yoshgacha bo‘lgan qizlar bahsida yetti imkoniyatdan yetti ochko to‘plab, tengdoshlarim orasida g‘olib bo‘ldim. Bo‘sh vaqtimizni mazmunli o‘tkazish uchun turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Shaxmat bo‘yicha mahorat darslarida qatnashdik. Termiz shahrining diqqatga sazovor joylarini tomosha qildik.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi yosh ijrochilar ishtirokidagi konsert dasturi bilan yakunlandi.

3 (1).jpg

4.jpg

6.jpg

X.Mamatrayimov, Jonibek Qo‘zimurodov (surat) O‘zA
8 124