Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.02.2018 17:28 Chop etish versiyasi

Sirdaryoda nomigagina tashkil etilgan mahallalar va qonun normalarini bilmaydigan raislar bor

Oliy Majlis quyi palatasida Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan 2017 yil davomida yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining Sirdaryo viloyatidagi ijrosi yuzasidan ba’zi bir muammo va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Ya’ni qishloq, mahalla, fuqarolar yig‘inlarida katta hayotiy tajribaga ega yig‘in raislari ishlayotgan bo‘lsa-da, ularning mazkur qonundan yoki qonun normalaridan to‘la xabardorlik darajasini yetarli deb bo‘lmaydi. Mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan o‘tkazilgan suhbatlarda qonun normalarini yaxshi bilmaslik holatlari ma’lum bo‘ldi.

O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi doimiy komissiyalarga e’tibor barcha joylarda ham talab darajasida emas. Sayxunobod tumanidagi "Turon" va "Gulbuloq", Guliston tumanidagi "Do‘stlik" va "Sohilobod", Boyovut tumanidagi "Olmazor", "Shirin", "Ozodlik", "Hosilobod" kabi mahalla fuqarolar yig‘inlarida komissiyalar nomigagina, rasmiyatchilik uchun tashkil etilgan.

Deputatlarning qayt etishicha, Sirdaryo viloyatida fuqarolar yig‘inlarining o‘z binosiga ega bo‘lishi eng muhim masalalardan biri. O‘tgan yili ajratilgan mablag‘lar evaziga viloyatda 5 ta zamonaviy fuqarolar yig‘ini binosi qurilgan. Joriy yilda 6 ta bino qurish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 2017 yilda Xovos tumanidagi 12 ta mahalla binosiga komputer berilgan.

O‘zA
5 699