O‘zA O`zbek

12.07.2019 17:31 Chop etish versiyasi

Sirdaryoda avtobus ag‘darilishi yuzasidan IIV bayonot berdi

Sirdaryoda avtobus ag‘darilishi yuzasidan IIV bayonot berdi

2019 yil 11 iyul kuni soat 11:00larda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi “Guliston karvon trans servis” MChJ haydovchisi 51 yoshli A.A. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobusni Yangihayot MFY hududidan o‘tuvchi “Dushanbe-Toshkent” yo‘lida haydab ketayotgan vaqtida boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetiga chiqib, ag‘darilgan.

Avtobusda 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 15 nafari ayol, 3 nafari erkak kishi, 2 nafarini voyaga yetmaganlar tashkil etgan. Haydovchi avtobusni qizil rangli “Spark” rusumli avtomashinasi siqib ketganligi tufayli yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lganligini bildirgan.

Natijada avtobusning ikki nafar ayol yo‘lovchilari jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar, shuningdek qolgan 18 nafar yo‘lovchilarga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Haydovchi A.A. jarohat olmagan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

O‘zA
411