Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.09.2017 12:15 Chop etish versiyasi

Shoshilinch tibbiy yordam sifati takomillashmoqda

Shoshilinch tibbiy yordam sifati takomillashmoqda Prezidentimizning joriy yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, shoshilinch tibbiy yordam muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tizimning transport parkini boyitish vazifalari belgilangan.

Ushbu hujjatga muvofiq, Farg‘ona viloyatida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yaqinda maxsus jihozlangan “DAMAS” rusumidagi 52 ta tez tibbiy yordam avtomobili xarid qilindi. Mustaqilligimizning 26-yilligi bayrami arafasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialida o‘tkazilgan tantanali tadbir doirasida ana shu avtomashinalar shahar va tuman tibbiyot birlashmalariga topshirildi.

Muqimjon Qodirov (sura), O‘zA
2 800






Все о погоде - Pogoda.uz