Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.01.2018 14:15 Chop etish versiyasi

Shoir va yozuvchilar «Jurjoniy»ga keldi

Poytaxtimizning Uchtepa tumanigi «Jurjoniy» mahalla fuqarolar yig‘inida yangi kitoblar taqdimoti, badiiy adabiyotlar ko‘rgazmasi hamda taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

– Dunyo olimlari internet va boshqa kommunikatsiya vositalari jadal rivojlanayotganiga qaramay, insonning ongu tafakkurini charxlash, ma’naviy olamini boyitish, ezgulikni targ‘ib etishda kitobning o‘rni kattaligini ilmiy isbotlagan, – deydi «Mahalla» xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi bosh mutaxassisi Muhammad Ismoilov. – Kelajagimiz egalarining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, avvalo, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi, bu esa butun jamiyat uchun nechog‘li ahamiyatli ekanini ta’kidlab o‘tirishga hojat bo‘lmasa kerak.

Eslatib o‘tamiz, «Mahalla» xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan “Mahallamiz kitobsevarlari” shiori ostida adabiy kechalar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
6 800