Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.04.2017 18:47 Chop etish versiyasi

“Shodlik” - tanlov g‘olibi

“Shodlik” - tanlov g‘olibi Nukusda “Kamalak” bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan iste’dodli bolalardan tashkil topgan 4 jamoa qatnashdi.

“Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini yanada takomillashtirish, ijtimoiy nufuzini oshirish, bilimdon yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadiga qaratilgan tanlovda ishtirokchilar tanishuv, sahna ko‘rinishi, savol-javob hamda ijtimoiy loyiha yo‘nalishlarida salohiyatini namoyish etdi.

Nukus shahrining “Shodlik” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Chimboy tumanining “Kamalak” jamoasi ikkinchi, Mo‘ynoq tumanining “Prezident farzandlari” jamoasi uchinchi o‘rinlarni egalladi.

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
2 585






Все о погоде - Pogoda.uz