Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.07.2018 11:43 Chop etish versiyasi

Shikastlangan kartina restavratsiya qilinadi

Shikastlangan kartina restavratsiya qilinadi Yaqinda ijtimoiy tarmoqlar va bir qator saytlarida Igor Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyidagi “Chelakli ayol” surati shikastlangani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Xabarlarda muzeyda yong‘in signalizatsiyasining o‘z-o‘zidan ishlab ketgani oqibatida asarga suv sachragani aytilgan edi. Joriy yilning 15 iyulidan 16 iyuliga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan ushbu holatga muzey ma’muriyati izoh berdi.

– “Chelakli ayol” kartinasi shikastlangani rost, – deydi muzey direktori Gulbahor Izentayeva. – Shikastlangan asar to‘liq qayta tiklanishi uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha choralar ko‘ryapmiz. Xususan, Moskvadagi A.S.Pushkin nomidagi davlat tasviriy san’at muzeyidan restavratorlarni jalb qilishni rejalashtiryapmiz. Ayni paytda nima sababdan yong‘in signalizatsiyasi ishlab ketgani haqidagi savollar yuzasidan tegishli idoralar surishtiruv tadbirlarini olib bormoqda.

Bundan avval internet tarmoqlarida Nikolay Karaxanning “Tungi namoz” asariga ham shikast yetkazilgani muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Eslatib o‘tamiz, ushbu kartina o‘zimizning mutaxassislar tomonidan restavratsiya qilinib, ko‘rgazmalar zaliga qaytarilgan.

Yesimxon Qanoatov, O‘zA
1 789