Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.03.2018 16:46 Chop etish versiyasi

Shifokorlar o‘quv kursiga bora boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tizimdagi boshqaruv organlari rahbarlarining malakasi va kasbiy tayyorgarligini yanada oshirish uchun birinchi marta chuqurlashtirilgan haftalik o‘quv kursi tashkil etildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari, tuman, shahar tibbiyot birlashmalarining mas’ullari ishtirok etmoqda.

Malaka oshirish kurslari uch bosqichda tashkil etilib, sog‘liqni saqlash tizimining barcha bo‘g‘inidagi rahbar xodimlarni qamrab olishi belgilangan. Rejaga ko‘ra, 700 dan ortiq rahbarning malakasi oshiriladi.

Mashg‘ulotlarda 2017 yilda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining mazmun-mohiyati ham bayon etilyapti. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish, onalik va bolalik muhofazasi, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam va xususiy tibbiyot muassasalari ishini tashkil etish bo‘yicha vazirlik mutasaddi xodimlarining ma’ruzalari tinglanmoqda.

Korrupsiyaning oldini olish, dori vositalari, tibbiy texnika va ijtimoiy dorilarga ehtiyojni to‘g‘ri aniqlash, murojaatlar bilan ishlash tartibini yanada takomillashtirish kabi yo‘nalishlar bugun sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi. O‘quv kurslari davomida ushbu mavzular atroflicha tahlil qilinmoqda.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
5 323