Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.04.2017 16:41 Chop etish versiyasi

Shaxs kamolotida oilaning o‘rni

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida "Fuqarolik jamiyatida shaxs tarbiyasi va unda oila institutining o‘rni" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanga ma’naviyat targ‘ibotchilari, Respublika "Oila" ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari, turli oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari taklif etildi.

Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari o‘rinbosari Sh.To‘rayev, mazkur universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori B.Mirzaahmedov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodga zamonaviy bilim berish bilan birga, ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, oila, jamiyat, Vatan va xalq oldidagi mas’uliyatini yanada kuchaytirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.

Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida yoshlar ma’naviy dunyosini asrab-avaylash, ularning ongu shuurini turli zararli g‘oya va tahdidlardan ishonchli himoyalashga oid ko‘plab ma’rifiy loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Suhbat va uchrashuvlar davomida yurtimizda kechayotgan izchil islohotlar, milliy qonunchiligimizdagi o‘zgarishlar, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati yoshlarga keng va atroflicha tushuntirilmoqda.

– Bilim dargohimizda aniq va texnik fanlar bilan birga, talabalarning jamiyat, oila oldidagi ijtimoiy burchi batafsil tushuntirib boriladi, – deydi Falsafa va milliy g‘oya kafedrasi o‘qituvchisi Z.Boymurodova. – Talabalarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri va oqilona tashkil etish maqsadida 50 ga yaqin fan to‘garaklari faoliyat yuritmoqda. "Murabbiylik soatlari"da mamlakatimiz va jahonda kechayotgan voqealar bilan tanishtirilsa, "Orasta qizlar", "Zulfiyaxonim qizlari" to‘garaklari, talabalar turar joylaridagi muloqotlarda qizlarimizga muomala, kiyinish, odob-axloq, milliy qadriyatlarimizning ahamiyati tushuntirib boriladi.

Anjumanda fuqarolik jamiyatida shaxs tarbiyasining nazariy-metodologik masalalari, barkamol shaxsni tarbiyalashning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy omillari, fuqarolik jamiyati institutlarining shaxs tarbiyasidagi o‘rni atroflicha muhokama etildi, o‘zaro fikr almashildi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
3 140






Все о погоде - Pogoda.uz