Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.05.2018 21:30 Chop etish versiyasi

Sham yog‘dusida o‘qib, izlanib jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan ajdodlar vorislarimiz

Namanganda “Axborot resurs markazlarining ahvoli, yoshlarning kitobga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdagi o‘rni: muammo va yechimlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

– Gap mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishda. Zero, sham, qorachiroqning xira yog‘dusida o‘qib, ijod qilib, jahon ilm-fani, madaniyati va san’at tarixida o‘chmas iz qoldirgan ajdodlar vorislarida bugungiday zamonaviysharoitda mutolaa va kitobxonlik madaniyatining oqsab qolishini hech bir bahona bilan oqlab bo‘lmaydi. Bu boradagi targ‘ibot ishlarini, avvalo, oiladan boshlab, keng jamoatchilik miqyosida izchillikda davom ettirish shart, – deydi viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i Ziyoviddin Mansurov.

Darhaqiqat, bugun viloyatda kitobxonlik uchun barcha imkoniyatlar muhayyo. Jumladan, Nodira nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi 570 mingga yaqin kitob fondiga ega. 12 mingga yaqin kitobning elektron nusxasi mavjud. Ushbu ziyo maskaniyiliga 20 mingdan ziyod kitobxonga xizmat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tizimida 212 ming, oliy ta’lim vazirligi muassasalarida 647 ming va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida 3 million nusxadan ziyod kitob fondiga ega axborot-resurs markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayni paytda viloyatda 36 kitob do‘koni faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, yaqin kelajakda 54 ta yangi kitob do‘koni qurilishi rejalashtirilgan.

Seminarda viloyatda noshirlik va matbaa faoliyatini takomillashtirish, kitob targ‘iboti bilan bog‘liq ko‘plab masalalar yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar asosida vazifalar belgilab olindi.

Akromjon Sattorov, O‘zA
2 447