O‘zA O`zbek

09.03.2018 17:11 Chop etish versiyasi

Senator va deputatlar OAVdan yetarli darajada foydalana olmayapti

Senator va deputatlarning qabul qilinayotgan yangi qonunlar mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi ishtiroki yuzasidan ommaviy axborot vositalarida yetarli darajada chiqishlar qilnai yo‘q. Ayniqsa, matbuot nashrlarida ularning tahliliy materiallar juda kam e’lon qilinmoqda.

Bu xaqda Andijon viloyati matbuot va axborot boshqarmasida “Ommaviy axborot vositalarining senator va deputatlar bilan hamkorligini kuchaytirishning muhim masalalari” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida aytib o‘tildi.

– Mamlakatimizda huquqiy-demokratik jamiyatini shakllantirish, islohotlarni, davlat dasturlari ijrosini ta’minlash jarayonini yoritishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli nihoyatda katta, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tolibjon Madumarov. – Jurnalistlar, avvalo, jarayonlarni to‘laqonli yoritishda mas’uliyatli bo‘lishi, senator va deputatlar bilan hamkorligini mustahkamlash, targ‘ibot ishlari samaradorligini yuksaltirishga, qolaversa, deputat va senatorlar faoliyatiga haqqoniy baho berish kerak.

Shuningdek, tadbirda bugungi globallashuv davrida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini, yurtdoshlarimiz ong-shuuridagi o‘zgarishlarni keng jamoatchilikka ro‘y-rost ko‘rsatib berishda OAV va deputatlar hamkorligini mustahkamlash yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
5 453