Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.03.2018 17:17 Chop etish versiyasi

Saxovat – inson ziynati

Saxovat – inson ziynati O‘zbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy saytida 2018-yil 10-fevral kuni “Institut rektori Orol mintaqasini daraxtzorga aylantirishda tashabbus ko‘rsatmoqda” nomli maqola yoritilgan edi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va mazkur institutning Nukus hamda Farg‘ona mintaqaviy filiali tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bu xayrli ishga Qo‘qon shahrining saxovatli, qo‘li ochiq kishilari ham “labbay” deb javob berishdi.

27-fevral kuni Mansurxo‘ja Xo‘jayev, Ibrohimjon Sulaymonov, Ikromjon Abdullayev, Ilhomjon Artikov, Qodirbek Artikov, Baxtiyorjon Aripov, Sharifjon Yo‘ldoshev kabi saxiy, tanti insonlarning odamoxunligi, kamtarligi va ko‘ngli ochiqligi tufayli 15 million so‘mlik mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini Qo‘qondan Nukusga jo‘natildi. Nukusda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Nukus filiali direktori Paluaniyazov Paxratdin Kudaybergenovich 3 gektar yerni ekishga tayyorlab qo‘ygan. Biz Mo‘ynoqqa ham borib, turli mevali va manzarali ko‘chatlarni ekib, tajriba o‘tkazmoqchimiz. U yerga tashrif buyurayotgan ichki va tashqi turistlar ekilgan ko‘chatlarga suv quyib, so‘ng sayohatni davom ettiradilar.

Bu kabi yuzlab saxovatpesha insonlarning beminnat xizmatlarini inobatga olgan holda homiy tadbirkorlar uchun maxsus ko‘krak nishoni ta’sis etilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi.

Rashid Shukurov,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

5 386