O‘zA O`zbek

09.03.2018 20:00 Chop etish versiyasi

Samarqandda uch egizak tug‘ildi

Samarqandda uch egizak tug‘ildi Samarqand shahridagi «Shukrona» mahallasida yashovchi Dilshoda va Solijon Xolyorovlar uchun bahorning ilk kunlari unitilmas quvonch bilan muhrlandi. Yosh oilada uch egizak farzand dunyoga keldi.

Samarqand viloyat perinatal markazi shifokorlarining sa’y-harakati bilan tug‘ruq muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ayni paytda ona ham, egizaklar ham sog‘lom bo‘lib, shifokorlarning doimiy nazoratida parvarish qilinmoqda.

3 (1).JPG

— Farzand, deb atalmish ne’matdan bebahra etmagani uchun Allohga ming shukur, - deydi Solijon Xolyorov. — Ikki nafar qiz, mana endi birvarakayiga uch o‘g‘il ato qildi. Farzand inson hayotining mazmuni, mevasi ekan. Ilohim, yurtimizdagi har bir oilada shirindan shakar farzandlar kulgusi yangrasin! Mamlakatimiz gullab yashnayversin.

Solijon va Dilshodaxon farzandlariga yaxshi niyat bilan Ibrohim, Ismoil va Muhammadamin deya ism qo‘ydi.

Alisher Isroilov (surat), O‘zA
16 687