Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.05.2018 16:15 Chop etish versiyasi

“Salomatlik” poyezdi Surxondaryoda

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida mamlakatimizning turli mintaqalarida istiqomat qilayotganaholi uchun “Salomatlik” poyezdlari tashkil etilmoqda.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan mazkur aksiya davomidaaholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Viloyatlardagi tibbiy va ijtimoiy muassasalarga, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga manzilli ravishda oziq-ovqat hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan aholiga dori-darmonlar tarqatilmoqda.

Navbatdagi “Salomatlik” poyezdi uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatitomonidan maxsus vagonlar ajratilib, yuqori malakali shifokorlar guruhi aholiga zarur tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumaniga yetib bordi.

Mazkur poyezd o‘z rejasiga binoan borishi ko‘zda tutilgan Sariosiyo, Qumqo‘rg‘on, Boysun, Darband, Oqrabod, Dehqonobod stansiyalariga yaqin hududlardan tashqari fondning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududiy filiallari ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari orqali markaziy shifoxonalar, viloyat bolalar va tug‘ruq komplekslariga hamda ko‘zi ojiz, aqli zaif va kar-soqov bolalar maxsus maktab-internatlariga o‘z yordamini ko‘rsatadi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ekologik jihatdan noqulay sharoitda istiqomat qiluvchi aholi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, shuningdek, chekka qishloqlarda yashayotgan ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, aholining tibbiy savodxonligini oshirish hamda muruvvat harakatini rivojlantirish ishiga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etishdan iboratdir.

Nazokat Usmonova, O‘zA
1 539