Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.06.2018 10:59 Chop etish versiyasi

Rulda uxlab qolish oqibatida to‘rtta yo‘l-transport hodisasi sodir etildi

Rulda uxlab qolish oqibatida to‘rtta yo‘l-transport hodisasi sodir etildi
Yil boshidan may oyi oxiriga qadar Toshkent viloyati hududidan tranzit o‘tuvchi transport vositalari haydovchilari uzoq yo‘l bosib, transport vositasini boshqarish paytida, charchasa-da manzilga yetib olaman, deb uxlab qolishi oqibatida 4 yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Buning oqibatida 5 fuqaro vafot etgan, 2 fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan.

2018-yil 14-fevral kuni soat taxminan 07:00 larda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani Iyk-ota – Sergeli yo‘lining 4-kilometrida M.A. ismli haydovchi davlat raqami 40 7?? XAA bo‘lgan “Damas” avtomashinasini boshqarib borayotganda tuyqus uxlab qoladi. Oqibatda avtomobli yo‘l chetidagi beton stolbaga kelib uriladi. “Damas” ichida bo‘lgan yo‘lovchi, 1970-yilda tug‘ilgan N.M. voqea joyida vafot etgan.

“Damas” haydovchisi 1993-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta-maxsus, uylanmagan, vaqtincha ishsiz, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashaydi.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv natijasida yo‘l holati asfaltlangan, kunning qorong‘i vaqtida, yo‘l sun’iy yoritilgan, haydovchi rulda uxlab qolgani ma’lum bo‘ldi.

Haydovchiga nisbatan 2 yil ahloq tuzatish ishlari jazosi qo‘llanilib, oylik maoshidan 25 foiz ushlab qolinadigan bo‘ldi.

Aytish joizki, haydovchilar charchoq hissini sezdimi, mashinani yo‘lning chetiga to‘xtatib, biroz dam olib, so‘ng yo‘lida davom etsa, yuqoridagi kabi ayanchli YTH sodir bo‘lmaydi.

O‘zA
1 914