O‘zA O`zbek

18.09.2018 12:33 Chop etish versiyasi

Rossiyalik shifokor 100 ga yaqin bemorni bepul koʻrikdan oʻtkazdi

Rossiyalik shifokor 100 ga yaqin bemorni bepul koʻrikdan oʻtkazdi

Jizzax shahar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida Rossiya Federatsiyasi Qozon davlat tibbiyot akademiyasining klinik farmakologiya kafedrasi professori, Tatariston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh klinik farmakolog mutaxassisi Maksim Maksimov 100 ga yaqin bemorni tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, zarur tavsiyalar berdi.

1.JPG
– Bugungi tadbirdan koʻzlangan maqsad oʻzbekistonlik shifokorlar bilan tajriba almashish barobarida aholi salomatligini saqlashga oʻz hissamizni qoʻshish, – deydi professor Maksim Maksimov. – Mamlakatingizda tibbiyot sohasida roʻy berayotgan oʻzgarishlar alohida eʼtirofga sazovor. Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida bu sohada oʻzaro hamkorlik rishtalari yanada mustahkamlanayotganidan mamnunmiz.

5.JPG

Tashrif soʻnggida viloyat davolash profilaktika muassasalari terapevt, kardiolog va UASH mutaxassislari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi. Unda rossiyalik shifokor “Arterial gipertenziyani tashxislash va davolashda zamonaviy yondashuvlar” mavzuida maʼruza qildi.

8.JPG

Jamshid Yorbekov (surat), OʻzA
1 207