Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.02.2018 12:59 Chop etish versiyasi

Rossiya harbiy delegatsiyasi O‘zbekistonda

Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlar Bosh shtabi jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Ivan Buvalsev boshchiligidagi harbiy delegatsiya mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan keldi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligining matbuot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga asosan amalga oshirilgan tashrif davomida tegishli masalalar muhokama qilingan. Shuningdek, delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo‘lib, kadrlar tayyorlash jarayoni, yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan.

I. Buvalsevning Rossiya qurolli kuchlarining jangovar tajribasi haqida akademiyada qilgan ma’ruzasi barcha harbiy okrug qo‘shinlariga onlayn tarzida uzatilgan.

Malohat Husanova, O‘zA
7 310