O‘zA O`zbek

05.04.2019 20:13 Chop etish versiyasi

Rashk tufayli qotillik yuz berdi

Rashk tufayli qotillik yuz berdi Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi T.M. 2019 yil 4 aprelь kuni fuqaro Sh.А.dan xotinini rashk qilib, uni qasddan o’ldirishni maqsad qiladi.

Sh.А.ning Jizzax shahrida joylashgan ish joyiga borib, o’zi olib kelgan oshxona pichog’i bilan Sh.А.ning bo’yin va ko’krak sohasiga jarohat yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.

Sh.А. olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko’ra, shu kunning o’zida Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan T.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.

Zudlik bilan o’tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida T.M. qo’lga olingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O’zА
1 288