Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.06.2018 12:29 Chop etish versiyasi

Ramazon – mehr-muruvvat oyi

Ramazon – mehr-muruvvat oyi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotir.

– Muborak Ramazon oyini har bir musulmon chiroyli kutib olishi bilan birga, bu oyda e’tiborga muhtoj, ehtiyojmandlarga yordam ko‘rsatishni o‘z burchi deb biladi, – deydi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi raisi o‘rinbosari S.Udayeva. – “Xayr-ehson oyi – Ramazon muborak” shiori ostida Yangiyer shahri va Sirdaryo tumanidagi Muruvvat uylarida yashovchi imkoniyati cheklangan ayollar holidan xabar olindi. Viloyatning eng chekka hududida joylashgan Sardoba tumanida yashovchi ehtiyojmand oilalarga kiyim-bosh hamda oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Shuningdek, voyaga yetmagan bolalarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish maqsadida 50 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, notinch oilalarda tarbiyalanayotgan 15 nafar maktab o‘quvchisiga Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Guliston”, 35 nafariga Sirdaryo tumanidagi “Sirdaryo” bolalar yozgi dam olish oromgohlariga bepul yo‘llanmalar ajratildi.

Guliston tumani Mustaqillik mahallasida yashovchi 1 nafar fuqaroga sog‘lig‘ini tiklashi uchun 1 million 200 ming so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi.

Mehr-muruvvat tadbirlari viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

Abdujalol Qayumov, O‘zA
2 867