Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.04.2017 18:52 Chop etish versiyasi

Rahbarlarni tayyorlash tizimi takomillashmoqda

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mamlakatimizning strategik maqsadlariga erishish salohiyatli rahbar kadrlar tayyorlash masalasi bilan uzviy bog‘liq. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Prezidentimiz tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida davlat boshqaruvi organlarining rahbar xodimlariga qo‘yilayotgan talablar, ularning mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tadbirda rahbar xodimlarni tayyorlash va ularning intellektual salohiyatini oshirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba hamda mamlakatimizdagi holat haqida akademiya rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilarining fikr-mulohazalari tinglandi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish singari chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati haqida fikrlar bildirildi.

Jurnalistlarning savollariga mutaxassislar javob qaytardi.

Behzod Bozorov, O‘zA
1 950






Все о погоде - Pogoda.uz