O‘zA O`zbek

15.05.2019 22:19 Chop etish versiyasi

Raʼno Joʻrayevadan yurtdoshlarimizga bahoriy tarannum

Raʼno Joʻrayevadan yurtdoshlarimizga bahoriy tarannum

Toshkent Fotosuratlar uyida Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, oliy toifali diktor, serqirra ijodkor Raʼno Joʻrayevaning “Doimiy bahor” nomli shaxsiy koʻrgazmasi ochildi.

Koʻrgazmada muallifning moʻyqalamda ishlangan 50 ta, kashta usulida yaratilgan 9 ta ishi namoyishga qoʻyilgan. Ularda tabiat goʻzalligi gullar chiroyi bilan uygʻunlikda aks ettirilgan.

– Asli musavvir emasman, siz koʻrib turgan bu ishlar esa mening ijodga boʻlgan chanqoqligim mevasi, – dedi R.Joʻrayeva. – Televideniyeda 43 yil ishladim, bu yillar davomida sanʼatga oshnoligim bir zum soʻngani yoʻq. Keyingi yillarda ijod qilishga koʻp vaqt ajratayapman. Mahsuli esa koʻz oldingizda turibdi.

photo5395631702044420917.jpg

Badiiy akademi tashabbusi bilan tashkil etilgan bu koʻrgazma Raʼno Joʻrayevaning tugʻilgan kuniga munosib sovgʻa boʻldi. 

Shahnoza Toʻramurodova, OʻzA
711