Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.01.2018 11:50 Chop etish versiyasi

Quvasoy shahri, Yozyovon, Uchko‘prik, Qo‘shtepa, Beshariq va Bag‘dod tumanlarida 2017 yilda firibgarlik jinoyati oshgan

Bu haqda Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti hamda firibgarlik jinoyatining oldini olish samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminarda aytib o‘tildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risidagi qarori mazmun-mohiyati xususida atroflicha so‘z yuritildi.

– Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish dolzarb vazifa hisoblanadi, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati kengashi raisi A.Akbarov. – Shuning uchun biz huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlikda yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktika tadbirlariga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Firibgargarlik bilan bog‘liq jinoyatlarda yoshlar ham borligi bizni yanada mas’uliyat bilan ishlashga, ularning oldini olishga undaydi.

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA
7 073